qxm-qxm

"Assalomaleykum". Yoshligimdan beri shu so'z bilan menda nuqul problema. Esimdan chiqib qoladi uni aytish. Shu bilan bog'liq ko'p смешной va не до смеха voqealar ham bo'lgan. Masalan, bir kuni qo'shninikidan ikki dona sabzi so'rab chiqishim kerak bo'lgan. Ketimdan eshikni yopayotgan odamning, "Salom berish esingdan chiqmasin!" deganini yarim qulog'im bilan eshitganman. Qo'shnining eshigini taq-taq. Ochishi bilan: "A bizachiii, buvimlanikiga bordiik, metroga chiqdiik, daraxtdan olcha terdiik, cho'milgani bordiik..." deganman-u, keyin "Assalomaleykum, ikkita sabzi berib turing" :) Bir marta, 3 yoshligimda shekilli, bitta ayolga salom bermaganman. Onam rosa undaganlar "Irosh, palonchipengga salom bermisanmi?". Men esa qoshim, labim, burnimni bir nuqtaga to'plab "salom bermiman" deb turaverganman. Rosa hijolat qilganman odamni. Uyga qaytganimizda, onam "ohista" so'raganlar - "nega salom bermaysan?", man esam gung. Ishqilib, o'sha kundan esimda qolgani - kapgirning tarbiyaviy maqsadlarda tutgan roli.
Baribir salom bermayman. Haligacha. Salomlashish nima? Vaqtincha yo'q bo'lganingdan keyin birov bilan ko'rishganingda ado etiladigan обряд. Man doim shu yoqda edim, hech qayoqqa ketmagandim.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.