998 - uy

Bizning uyda hamma ishni dadam qiladilar. Uyda bo'ladigan gap-so'zlardan kelib chiqib aytyapman. Tilimizda doim dadam. Biz doim aytib yuramiz: "Dadamning sharofatlari bilan mastavaga piyoz archildi", "3 juft paypoq yuvishga imkoniyat yaratib berganlari uchun dadamga rahmat", "dadamning tashabbuslari bilan tortning kremi pushti bo'ldi". Yana "dadam 22 yil oldin onamga uylanmaganlarida edi, ..." yoki "dadam faloninchi yilda onamga uylanganlaridan beri..." degan variantlari ham bor. Necha yil bo'lib ketgan uylanganlariga, biz - bolalar katta bo'lganmiz ham. Lekin baribir aytaveramiz, shunday. Nima qipti, qiyinmi aytish (qiyin ishdan Xudo saqlasin!)? Biz qarshimasmiz. Biz hechnimaga qarshimasmiz. Dadam oylik olib kelib tursalar bo'ldi-da, uy tinch bo'lsa bo'ldi-da! Buning hammasi dadamning qo'llarida. Biznikida hamma ishni dadam qiladilar (:

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.