Javobsiz sevgi yohud birov yebturgan lavash

Hammada bo'lgan. Hammani ham loveback qilishmagan :) Hamma biladi. Lekin aniqlashtirvolaylik: nima u o'zi "javobsiz sevgi"? 
Bu - javobsiz savoldan ham qiyin, anorning po'stidan ham taxir, внутремышечный qilinadigan vitamin B2 dan battar achishtiradigan matoh! Unga qarshi chora hali o'ylab topilmagan. Ming urinib savolni soddalashtirsang ham, anorni shakarli suvga ivitib qo'ysang ham, B2ni novokain bilan ursang ham foydasi yo'q, bir ish chiqmaydi. Ana undan keyin o'zingni osasanmi (shunaqasiyam bo'gan), boshqa milliontasi bilan gaplashasanmi (asalga yetisholmagan shakarchoyni bosib icharkan), tinchgina "hay" deb ketasanmi, sening ishing. Aslida, oxirgi variant eng tuzugi. Negami? Hozir tushuntirib beraman. Tasavvur qil, sen Toshkentdagi eennng zo'r lavashni yeyapsan. Eenngg chotkiysi, eng sochniysi, eengg yumshog'i, to'yimlisi, mazalisi, xushbo'yi...mmm. Mazza qilib, har bir tishlamidan bahra olib, boshing aylangudek ekstaz bilan. However, shu vaqtda seni Petrarkaning holiga solgan o'shal ofatijon hechnima yemasa. Prrroosto yemasa. Yegisi kelmasa. Qorni to'qmi, vegeterianmi, mazasi yo'qmi, ishtahasi yo'qmi, farqi yo'q nimaga. Sen unga lavashingni ming maqtama, tushuntirma, tasvirlama, og'zining suvi kelmasa. Sening retseptorlaring his qilib turgan narsalarni uning hech nima tatimayotgan retseptorlari sezmasa. Sezdirolmaysan, sevdirolmaysan. Shunaqa narsa javobsiz sevgi. Tushunding? Tak chto, siqilma. 
P. S. Aytgancha, hammasidan keyin, yegan lavashingni yomonlab yurma. 

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.