QattiXmi yumshoHmi?

   "Nima farqi bor?!" Shu gapni dadamga aytmang, iltimos. Eshitasiz eshitadiganizni (: Buxoroliklar bilan bu mavzuda tortishgan befoyda. Chunki odatda ular yaxshi farqlashadi. Chunki h o'zbekchaga fors-tojikcha(va arabcha)dan kirib kelgan, a Buxoroda tojik tilida ham so'zlashiladi. Tojikchani bilganga h va x masalasi - che-pu-xa! Sizgayam chepuxa bo'lsinmi? Yo'llari bor. Bularni o'zim o'ylab topganim yo'q, ag'dan-bag'dan o'rganganlarimni umumlashtirdim. Aytaveraymi?
   Фëрст, h bo'g'iz undoshi. Nohaq gap eshitganingizda birnima tiqiladigan joyingiz bor-ku, o'sha yoqda hosil bo'ladi. H xuddi havodek sezilarsiz, yumshoqki, shuning uchun ba'zan so'z o'rtasida tushib qoladi. Фо икзампл: buxoroliklar, forslarga o'xshash tallaffuzga ega bo'lganlari uchun shahar so'zini [sha:ar], fahmni [fa:m] deyishadi. Ismlardayam shu. Shahnoz - [Sha:noz], Shahzoda - [Sha:zoda]. Bitta Muhabbat degan ammamning ismini yaqingacha Ma'bad bo'lsa kerak deb o'ylaganman (: O'zuvzani toshkentcha shevadan ham bitta misol: xohlayman - [xo:liman]. H yo'q, tashlab ketilgan. Biling, agar tashlab ketish mumkin bo'lsa, demak - yumshoq. Odamlardayam shu-ku... Qattuularni tashlab ketib ko'ring-chi (: Shunga o'xshab qattiq x ham so'zdan hech qayerga tushib qolmaydi. u chuqur til orqa undoshi. Xurmo yeganda taxir bo'lib qoladigan joyda hosil bo'ladi. X turibdimi, demak tiniq talaffuz qilasiz. Masalan: [pa:ta] demaysiz, [paxta] deysiz, [dara:t]mas [daraxt]. Hm, yana h tovushi y ga aylanib keta oladi: ilohim - iloyim, shohi mato - shoyi mato, Tohir - Toyir.
   Секынд,e bilan doim h keladi. Misol uchun: mEHmon, Ehtirom, dEHqon. i bilan doim x keladi: Ixlos, trIX, IXtiro. Hech zamonda i+h, e+x bo'lmaydi(rus tilidan o'zlashgan so'zlar не считается). Bu tovushlar Montekki va Kapuletilardan battar bir-biri bilan chiqishmaydi.
   Cëрд, boshqa tillardan ruschaga, o'richchadan es o'zbekchaga kirib kelgan so'zlarda faqat x. Сам икзамплз: xarakter, texnika, mexanik.
  Фоoс, 1 bo'g'inli, jarangli undosh bilan tugagan so'zlarda 98% h ishlatovuz: shahd, jahl, mehr. Xuddi shunday 1 bo'g'inli, lekin jarangsiz undosh bilan tugaydigan hollarda esa - x: baxt, shaxs, baxsh. Faxr bilan bahs - istisno.
   Shu bori.
   O'zbeklar, tilimizda 120.000 dan ortiq so'z bor. Shularning atigi 1500 tasida h bor ekan. Matematiklar bormi, hisoblab tashlasin, necha foiz ekan? Kam-a? O'rganaylik, erinmaylik, x bilan h ni bitta qilmaylik. Keyin muxabbat bilan xo'rozqandni bir xil talaffuz qibyurishga to'g'ri kelmasin (:

Comments

  1. Ажойиб!

    Қоидадан ташқари истиснолар ҳам бор экан, бу ерда ёзишди: https://twitter.com/Okaginam/status/583131112471273473

    1,5 мингта "ҳ"ли сўз ҳақидаги маълумот манбаси борми? Луғат бормикин, онлайнлаштириш мумкин бўлган?

    ReplyDelete
  2. Койил! Мазза килиб укийдиган, тушуниш ва эслаб колиш осон коидалар билан ёзилган, ажойиб блогпост булибди. Рахмат! :)

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

Sevgim haqida