У кого что болит

Kimdir jamiyat, kimdir siyosat, kimdir texnologiya, kimdir muhabbat to'g'risida blogpost yozmayotgan bir paytda, man o'zim uchun og'riqli (hamma ma'noda) nuqta bo'lgan masalada yozmoqchiman. Twitterda allaqachon maqtanib bo'ldim - ukol olyapman tomirimdan. Kamchiliklarni ko'rishga zo'r, mehrni ko'rishga kelganda ko'r ko'zimni davolash maqsadida. Maqsaad, maqsad...bu postni bir ixtiroga ehtiyojim borligidan yozyapman. Manga shpritslarning ignasi alohida sotuvga chiqarilgani kerak. Zarur, shart, пажалиста! Chunki do'xtir kukunsifat vositaga suyuq boshqa vositani aralashtirib ukol qilinsin deb yozib bergan. Nomlari uzun, bilganizdek. U kukunsifat dori rezina qopqoqli mitti bankachada bo'ladi. Penitsillinnikidek. Med.singil boyagilarni aralashtirish uchun shpritsga oldin suyug'ini tortadi. Keyin shpritsni kukunli bankachaning rezina qopqog'iga tiqadi. Suyuq dorini bankachaga yuvoradi, kukun bilan aralashtiradi, qaytib tortvoladi. Buyoqdagi момент истины - igna rezina qopqoqqa tiqiladigan payti. Tajribali med.singilning aytishicha, igna bunaqa paytda ozgina o'tmaslashadi, ba'zan qiyshayadi. Rezina qalin. Keyin o'sha тупая игла terini, tomirni qiynaydi. Nimagadir hech kim bundan hali shikoyat qilmagan. Ukol degani shu bo'lsa kerak deyishgan-da. Manam o'ylamasmidim, o'ziz bilasiz kimlarniikiga o'xshab ketgan qo'llarimni ustidan bittasi maza qilb qotmaganida :)) 
Shuning uchun aytyapmanda, shpritsning ignasini alohida zapchast qb sotishsin deb. Yoki ba'zi shpritslar 2ta igna bn upakovkada chiqsin. O'tmasini otvorib, yangisida ukol qilsa bo'ladi. 5ta aptekadan so'radim - hozircha bunaqasi yo'q. Shu.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.