Matematika

Matematikani sog'indim.
Eshikning g'iyqillagan oshiq-moshig'i moyni sog'ingandek.
Sog'indim, shpatlevkasi to'kilayotgan devor najdachkani sog'ingandek.
Sog'indim, uzoq vaqt mashinada yurgan odam piyoda yurishni sog'inganidek.
Sobiq bokschi ringni sog'inganidek.
Xuddi asriy xotirjam yurak hayajonni sog'inganidek.
Sog'indim, eng talabchan o'qituvchimni sog'ingandek.
Tinchib qolgan dengiz bo'ronni, mergan kamonni, uchuvchi osmonni sog'ingandek.
Mingga bosib yugurishni, o'tkir "misaro'bka"dan go'sht chiqarishni, yugurib borib suvga kalla tashlashni sog'ingandek.
Natural sonlarni sog'indim, teoremalarning aniq isbotlarini sog'indim, tenglik belgisiniyam.

Noma'lum x ni topishni, mavhumligicha qoldirib ketavermaslikni sog'indim. Bitta savolga bitta javob bo'lishini, bo'sh aravamni uyoqdan buyoqqa yetaklamaslikni, internetda tayyor yechimi yo'q masalalarni sog'indim. 
Qog'ozlarni makulaturaga tashlagim keldi, bulutdan yasalgan qasrlarga esa manfiyligini aytgim.Qip-qizil oddiy ko'ylak kiygim keldi, motorni qizitgim, miyamni ishlatgim.
Matematikani sog'indim.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.