..

              Знаете, есть такая примета: если твой блогпост  начинается со слов «Бывают такие моменты», значит, с тобой творится что-то не самое приятное. (c)

   Shunaqa paytlar bo'ladiki, faqat bir sekundlik tabassumga kuching yetadi. Shunaqa paytlar bo'ladiki, kun bo'yi ko'rganing faqat asfalt bo'ladi. Ba'zan xira asfalt. Yana shunaqa paytlar bo'ladiki, Daft Punk'nikidek kaska kiyvolging keladi. Hammadan bekinib.
 Aniqlolmaysan, yuraging ko'proq og'riyaptimi yoki boshing..
 Har xil og'riqli savollar xayoling sahnasida defile uyushtiradi. Biri qo'yib, biri keladi. Bezbetlarcha g'olibona nazar bilan ko'zingga qarab-qarab ketadi. Javobini bilmaganingdan ko'ra bilganing ko'proq dard keltiradigan savollar.
 Chin dildan quvonching, bittayam yupanching, hech kimga ishonching qolmaydi.
 Nima qilasan..?

Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

Namozgar haqida