O’zimga xat

                                                    Пишу это письмо надеясь, что оно мне поможет в тот чёрный день, который, надеюсь, никогда не наступит.

Ba’zan shunday bo’ladi: bozorga tufli olgani borasan. Bozor-chi g’ala-g’ovur, rang-barang. Mayda-chuydalarga chalg’iysan. Aslida nima uchun kelganingni esa boshqa birovning tufli kiyib ko’rayotganiga ko’zing tushgachgina eslaysan. Xuddi shunday ba’zan hayotingning qaysidir payshanbasida shunchaki baxtli yashayotgan bir-ikkita odamni uchratib qolgachgina bu Yerga NEGA kelganing esingga tushadi.
    Irosh, ин кейс qachondir yana boshing aylanib yo miyang butkul bug’lanib ketib, o’zingni baxtli yashashdan boshqasi uchun tug’ilmaganingni unutar bo’lsang, shu postni bitta o’qib ko’r.
    Sani mandan yaxshi hech kim bilmaydi. Bir kun kelib allaqanday odam buni aksini aytib, o’zingga o’zingni Baba Yaga qilib boshqatdan tanishtirishni boshlasa, qulog’ingni yop! Axir sani ishontirish oson (мне ли не знать).
   Irosh, yaxshi odamsan san. Buniyam форгетнуть qilsang, o’quvchilaringni esla. Ularni yaxshi narsalarga ilxomlantirganingni esla. Bu ham ish bermasa, sani uzoq vaqt tanigan, kreativlik va entuziastliging fontaniga ming marta guvoh bo’lgan do’stlaringga telefon qil. Haqiqiy jahling va haqiqiy mehringni ko’rganlar bilan gaplash.
     Irosh, chiroylisan. O’zingni boshqalar bilan taqqoslash kabi tuppppppoycha ishni boshqa qilma, iltimos. Aqling ham joyida. O’zingning xotirangdan faromush bo’lgan bo’lsa, eslataman: saning fikring ko’pgina vaziyatlarda chotkiy yordam bergan, ko’pning og’irini yengil qilgan, odamlarni quvontirgan. Bilding? Yo link berishim shartmi? J
    Irosh, o’zingni yer bilan bitta qilib yursang ham yoki osmonga tenglashib yashasang ham o’sha 24 soat, 365 kun, umuman 70-80 yil umring o’tib ketaveradi. With or without the luggage full of joyful moments you are to get off at the last station.
    Shunchaki bitta narsani bilib qo’y: sani doim yaxshi ko’raman. Va nafaqat man.

Comments

Popular posts from this blog

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.