Samiraga

Bu postni yozishimga sabab - hozir, aynan hozirgi kunlarim shu vaqtgacha yashagan umrimning eng yaxshi kunlari deb o'ylaganim. Bunga sen sababchiligingni aytgim kelgani. Sen bilan butun kun-tun davomida birga bo'lib o'ynab, kulib, o'zimizni muhim ishlarimizni qilib, uxlab, yugurib, hhham qilib, naynum qilib yurganim - eng yorqin quvonchlarim.
   Bugun sen bilan sirpanchiq kacheli uchishga bordik. O'zingni tilingda "uuuu". Ninnasida, o'rtachasida uchding. Kaattasida birga uchib tushdik. Qo'l ushlashvolib. Sirpanchiq oxirida kacheliga yotib oldik ikkalamiz. "Osmondagi bulutlaga qara" desam kulib qo'yding.
       Aslida, bu momentni hech qachon unutmasam kerak. Sening doim sevgimni his qilib turishingni ta'minlashni ham. In case if you question who is the sun of my life, then read it.  Doim men uchun qiziqarli, tushunarli va qulay bola bo'lgansan. Sen hozirdan shunaqa aqlli, mehribon va quvnoqsan. Doim shunaqam bo'lgin. Bor bo'lgin.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.