What I want to do

- Buxoroda yozgi kanikulda, bibijom borlarida yonlarida, obed paytida, muzdek hafbolor(shifti 7 ta ustunda turadigan xona)da bir katta tarelkada, o‘zimizning tomorqadan uzib chiqilib, bir chelak quduq suvida muzlatilgan, katta katta qilib to‘g‘ralgan, yaxshilab tuz sepib, ustiga jicha oq piyoz qo‘yilgan pamadurning suviga non ivitib yegim;
- Bahordami kuzdami, otoplenie hali yoqilmagan yoki endi o‘chirilgan vaqtda, kvartiramiz muzlab ketganida, kechki payt, ovqatlanib bo‘lib, qilishga hech ish qolmagan vaqtda, dajomning to‘nlarini sudrab kelib, ishdan charchab kelgan, ustlariga to‘q qizil adyolni o‘rab televizor ko'rib yotgan onjomni yonlariga biqingim;
- Sovvvuq bir kunda Korzinkaga ketayotib, sovuqdanmas hayotida kamdan kam bo'lgan qadar qattiq kulishdan yuzlari qizarib ketgan ayam yonlarida, shunday osoyishta odamni hech bunaqa ko‘rmaganimdan ruhlanib battar kuldirayotgan paytimda paydo bo'lgim;
- o'sha qadrdon bevafo dugonamga o'quvchilarining yonida Nazarxonni qo'shig'ini yana aytib bergim;
- Ertalab hali kun yorishmagan paytda o'qishga ketishi kerak bo'lgan ukam(ukam-da qonim bo'lmasa ham, qaynim)ga u qayerlardandir topadigan eng chiroyli va eng krutoy qo'shiqlaridan birortasini eshitib, tanlab yeydigan narsalaridan birnima o'ylab topib, nonushta tayyorlab bergim;
- Dajom bilan yana kechqurungi Parkentskiyda,  yerni qalin qoplab tinmay yog'ayotgan qorni g‘irchillatib, har doim oppoq turadigan krossovkalarining yozuvini o‘qib sayr qilgim;
- yuragimga iiiiiiliqlik beradigan shunaqa yaxshi paytlarni eslagim keldi.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.