Toshkentga xat.

   Asalim, Toshkent. Hech qachon telefon qilmaydigan qarindoshga o‘xshaysan. Men boshqalarga telefon qilib, seni ko‘rsatib yuborishlarini so‘rayman. Sening holing, kun-u tuning bilan qiziqaman. Xuddi men senimas, sen meni tashlab ketgandek. "Alam qilsin" degandek rasm-u videolarga chiroyli tushishing, men ketgandan keyin eng qiziqarli voqealarni boshingdan kechirishing. Shuncha vaqt borimda qilmaganing - Sevara, Shohruhlar bilan yayrab kuylaganing, va yana bir qancha esda qolarli damlaring men yo‘g‘imda bo‘lgani alam qiladi. Ataylab qilasanmi.. 
   Necha marta o‘ylab chiqdim seni yana qayta ko‘rganimda o‘zimni qanday tutishimni. Borganimda nimalar qilishimni. Nimalar deb, qanday kulib-yig‘lashimni. Seni yana ko‘rishimni. Seni yana ko‘rishimni. SENI YANA KO‘RISHIMNI! Ungacha... Toshkentim, kuydirmay tur.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

Sevgim haqida