Namozgar haqida

Buxoroda.. bunaqa paytni namozgar deyishadi. Qishloq ko‘chasining oxirida quyosh qiziil bo‘lib ko‘rinadigan vaqt. Yozning issig‘ida yumshagan asfalt iliqqina bo‘lib qoladigan vaqt. Bibijom biz otini bilmaydigan (nevaralarining ismi bilan Behruzni bibisi, Bibi Nigi deb chaqiradiganimiz) kampirlar bilan hangomani yig‘ishtirib kechki ovqatni suzishga kirib ketadigan vaqt. Amakim qo‘llaridagi traktor moyini tagidan bossang suv tushadigan umivalnikda yuvadigan vaqt. Kechki paytga atalgan qovunning ustiga quduqdan muzdek suv kachat' qilib qo‘yadigan payt.
Toshkentda.. eng chiroyli vaqt. Frunzenskiyda sochingda shamol bilan yo‘l qarab turiladigan vaqt. Ishdan charchab chiqib, uyga shoshmay piyoda ketiladigan vaqt. Sayrlar qilinmasa bo‘lmaydigan vaqt. O‘sha vaqtlardagi twitterchilarning eng chiroyli tvitlari yoziladigan payt. Kimdir seni kutib turadigan vaqt. Eng yaxshi kadrlardan ko‘pi xotirangga suratga olib qo‘yilgan vaqt. Eng romantik vaqt.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.