O‘zgarish

 Qariyb ikki yil avval, Floridaga ko‘chib kelish oldidan bo‘lgan uzoq suhbatlardan birida "faqat bir-birimizga so‘z beraylik uyoqqa borib o‘zgarmaslikka?" deb chin dildan kuyinganim esimda. Mana hozir qaytishga chamadonlarimni tayyorlayotib esa  o‘zgarganimdan xursand bo‘lib o‘tiribman. Meni shu o‘zgarishlarga olib kelgani uchun umuman boshqa dunyo bo‘lgan davlatdan, boshimizdan kechgan quvonchli va qiyin kunlardan, yo‘limizda uchragan yaxshi-yomon odamlardan, har xil tasodiflardan minnatdorman.
  Men категоричный bo‘lmaslikni o‘rgandim. Faqat qandaydir xarakter, faqat qaysidir o‘rnatilgan tartib, faqat qaysidir hayotiy falsafani to‘g‘ri deb o‘ylamaslikka o‘rgandim. O‘zimni juda ilg‘or fikrlaydigan odam deb hisoblagan ekanman-u, miyamda o‘zimga yarasha tarakanlarim yetarlikkina ekan. Rasist, millatchi, shovinistik fikrchalarim bor ekan. Hozir esa e'tibor bersam, biror voqeani gapirib berayotganda odamning irqini alohida ta'kidlab o‘tib ketmaydigan bo‘libman. "Baribir hech qaysi ovqat/iqlim/millat/madaniyat/qizlar o‘zimiznikiga yetmaydi" deb ko‘p gapirib, o‘ylab va qattiq ishonib kelgandim. Endi bo‘lsa, shaxs yoki narsalar orasida taqqoslash olib boravermaslikni, borini boricha qabul qilib, har xillikdan bahra olishni o‘rgandim. Go‘zallikning hali men bilmagan million turi borligini ko‘rdim. Turfa xil soch turmaklari, har xil ko‘z-qosh, bichim, eng hayratlanarli kiyinish uslublarini ko‘rdim. Ingliz tilida "embrace it" degan ibora bor ekan, shuni ancha kenglashgan fe'limga yozib qo‘ydim.
 Odamlarga kamroq претензия qilishni, ularga mening talablarimga javob bermayotganlari uchun zug‘um qilavermaslikni, hurmat bilan личное пространство berishni o‘rgandim. Ayblayverish yaxshimasligini ham.
  Biz uchun har doim yonimizda bo‘lgan, bor kuchi, sabri va qobiliyati bilan harakat qilgan, bir o‘zi hammasini eplagan husbandimga har doim ishonishni o‘rgandim.
  Yana bir narsani o‘rgandim. Faqat sal kechroq o‘rgandim, shekilli. Komfort zonasidan chiqish aslida bizga sovg‘a ekanini, har bir yangilikni xursand bo‘lib kutib olish kerakligini. Menga bir yildan ortiqroq vaqt kerak bo‘ldi shunga. Ancha vaqt miyamda "Yo‘q!" degan belgini ko‘tarib yurgan odamchalar yashadi. Hozirgi ko‘zimni quvnatib turgan ko‘chalarni, o‘ziga o‘z ixiyoridagidek fikrlashga ruxsat beradigan odamlarni, men o‘rgangandan o‘zgacha bo‘lgan tartibni ertaroq qabul qilib ertaroq sevmaganimga biroz xafaman. Yoki ketish oldidan o‘zi shunaqa kayfiyat bo‘larmikan...
    

Comments

  1. gap yo xaqiqatda inson ozini o'zgartirib hayotni boricha qabul qila oldigan yagona mavjudot bolsa kerak man ozbekistondan chqmagan musofir nonini yemagan bola edim yaqinda o'qsh tufayli ozimga umuman begona bo'lgan joyga kelib qoldim bu yerni tiliniyam bilmasdim lekn mana sekin sekin ko'nikib boryabman yozganlaringiz xaqiqat va yaxahi yozibsiz

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.