"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.

Ular sipo. Ular dono. Ular oddiylikni yaxshi ko‘rib, hamma narsada oddiylikni targ‘ib qiladigan, vafodor, ming yillab birovni kutishga qodir, yaxshi do‘st, pishiq uy bekasi, pulga qattiqqina va puxtagina ayollar. Ulardan yaxshi buxgalterlar va tikuvchilar chiqadi. Musiqani ham yaxshi sezishadi. Aql-farosatli. Va yana ular ayyor, o‘z maqsadi yo‘lida беспощадный, tilida zahri ko‘p va men eng qo‘rqqan jihatim odamga og‘riq berishni juda yaxshi eplay oladigan ayollar.  Hammasi juda kichkinalik paytimdan boshlangan bo‘lsa kerak. 2 - sinfdaligimdayoq bitta bolachani yaxshi ko‘rib qolgan ekanman. Men bilan bitta partada o‘tirardi. Onam, birikta sinfdoshlarim aytib berishgandi. U bolacha bizni uyimiz tarafda yashardi. Yo uning 10- sinf opasi, yo mening onjonim bizni maktabdan olib ketishardi. Aytishlaricha, bir kuni maktab formasi fotosessiyasiga shu bolacha bilan boshqa bir qizni tanlab olishganida rosa yig‘lagan ekanman. Lekin gap u qiz haqida emas. Kozerog qizlarga bo‘lgan "sevgim" undan boshlanmagan. Eng yaqin dugonam bo‘lardi. 27-dekabr. Kozerog. Shu qiz bizdan oldingi partada o‘tirardi, orqaga qarab xingillaganlarida bir shubha ham qilmasdim. Men unga hamma gaplarimni ishonib yursam, mendan bekitiqcha u bolaga otkritkalar berganmish. Kimdir aytgandi u ham menga yoqqan bolani yaxshi ko‘rarmish. Qovunchilik. Keyin kattaroq sinfga o‘tganda bilsam, u bola ham uni...
Keyingisi 2013 yildan boshlangan. "Falonchi meni yaxshi ko‘radi, o‘zingga boshqa kimnidir top" desam ham "sog‘ilmagan sigirning ko‘zlaridek ko‘zlar bilan (c)" birovning dobrosiga ko‘z tikishni to‘xtatmagan bir qiz. Yor-yorlardan keyin ham. O‘ziga ham, menga ham bir dunyo unutish qiyin bo‘lgan og‘riq orttirib olgan qiz. Har kuni козероги - это, козероги - то degan narsalarni retvit qilaverganidan ko‘zingda qolib ketarkan.
Keyingisi bir qarindoshimiz. "Digar digar, jigar digar" degan gapni yuragimda e'zozlab yurgan odamman. Hecham birorta qarindoshimni yomon ko‘rmaskanman. Shu ayoldan boshqa. Uni ham juda yaxshi ko‘rardim. Menga nisbatan qayerlardandir kelib qolgan nafrati borligini bilmagunimcha. Shu, menimcha, kozerog ayollarning ajralib turuvchi tarafi shu bo‘lsa kerak eng og‘riq beradigan gaplarni gapirib, eng og‘riq beradigan ishlarni qilish. Juda aqlli ular. Rostdan. Shu tarafi ularni yanayam qo‘rqinchli qiladi men uchun.
Keyingisi qo‘shnimiz. Bir kelinni iloji bo‘lgan barcha sadistlik vositalari bilan qiynab bo‘lgan ayol. O‘ta puxta va o‘ta merkantilniy va o‘ta...yuraksiz. U qiz mening tengdoshim, men bilan taxminan bir vaqtda tushgandi. Kozerog ayollarni shunchaki ignor qilib bo‘lmaydi. Shu qadar og‘riqli ishlari bilan qaytib e'tiboringni o‘zlariga mixlab qo‘yishadi. Qanday? Qanaqasiga? deb og‘zingni ochib qolaverasan.
Men o‘zimnni ustimda ishlashga harakat qilganman, "zodiak bo‘lmagan narsa, qo‘ysangchi" deb qo‘l siltaganman, va... Kozerog ayollarni yaxshi ko‘rishga urinib ko‘rganman. Matthew 5:43-45 dan ilhomlanib. Ammo bir kulgili natija olganman. Tvitterda bir qizni follow qilgandim. Hecham profiliga 22 - dekabrdan 21- yanvar oralig‘ida tug‘ilganini yozib qo‘yadigan qizlarni follow qilmasdim. Ularning ko‘pchiliklari kozeroglar haqidagi astrologik birbaloni har kuni retvit qiladilar, menga esa nima kerak o‘sha har kuni kozerog so‘zini, va mening suyukligimga suykalib tvitlari bilan yuragimga sanchilib qolgan kunlarni eslab, a? Lekin men nima bo‘lganda ham fikrimni o‘zgartirishga kirishdim. Bittasini follow qildim. Ataylab. Shu преджудисimdan qutulish uchun. Bir kuni u oilada bitta qiz bo‘lish yomonligi haqida yozdi. Men "mazzaku, dadangizni bittagina erkatoyi bo‘lib yurasiz" qabilida javob yozdim. Shu replayimdan keyin shartta "dadamni bitta erka qizi bo‘lay deb faqat o‘zini o‘ylaydigan qizg‘anchiq bo‘lmaslik uchunam bitta qiz bo‘lmaslik kerak" degandek tvit yozdi. G‘alati. Tegishtirish nominatsiyasi laureati. Hozir yozganim aniq ko‘chirma emas, ma'nosi. Inchunin, men ularga o‘xshab kerakli joyiga borib tars etib tegadigan qilib yozolmayman.

Keyingisi...

Yana keyingisi...

Mana masalan, shu kunlardagi oxirgisi (hayotimdagi oxirgisi bo‘lsaydi)...

Hay, gapirib o‘tirgandan bir foyda yo‘q. Baribir hamma narsani ochiqchasiga gapirib berolmayman ham. Qisqa qilib aytganda shularning hammasini birlashtiradigan bir narsa bor. Men aytgan ayollar og‘riq berish yo‘llarini juda yaxshi bilganlari va bundan hech tortinmay foydalanishlari. Ba'zan yashirincha, ba'zan ochiqchasiga. Ustasiga farqi yo‘q.
Shu post Kozerog ayollarga nisbatan ichimdagi hamma narsa qanday bo‘lsa shundayligicha chiqib ketishidan, yuragim yaxshi narsalar uchun bo‘shab olishidan qqqqqaaaaatttttttttiq umidvor bo‘lib yozilgan. 

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida