Posts

Oxiri haqida

Balkim eng oxiri jazomasdir. Balki xuddi maktabdan charchab kelishingda kutvoladigan onadek boʻlar senga. Balki savol-javob ham boshqachadir. “Qalaysan?  Yaxshimisan? Qalay boʻldi hammasi?   Nimalar oʻrgandinglar? Oʻzingga eng yoqqani nima boʻldi? Haa, qiziq, qiziq.   Hech kim xafa qilmadimi? Kim? Nima boʻldi? Sen nima qilding? Nega borasan oʻzi uyoqqa? Shular bilan oʻynama deganman-ku. Shunaqa-da aytganimni qilmaysan. Borib gaplashaman, boʻpti. Boʻlaqol, vaqt boʻlyapti”.   Kir, ogʻir kiyimlaringni yechib qoʻyarsan balki. Sen uchun suzilgan kosadagi issiq, mazali, mehrli nimanidir ichib, issiq elitib sekin uyquga ketarsan. Oʻtgan umrning xotiralari ham, oʻzing ham sekin oʻchib ketib unutilar balki. 
This post is  for therapy  reasons only. Dear Body, I know I let you down. Many times. I know bad decisions that I made put you at the place where you are right now. I didn’t have enough knowledge to protect you. Now I can’t help you get out of this situation, I can’t make pain stop, I can’t undo all the damage. But i promise I will stand by you from now on. I promise to pause and check with you when I don’t know what to do. When you feel down, I will support you. When I can’t prevent hurt, I will at least soothe you. I will listen to you, I won’t hate you and most importantly I won’t neglect you. Sorry it took so long to see you.   Sincerely, Mind.

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.

Ular sipo. Ular dono. Ular oddiylikni yaxshi ko‘rib, hamma narsada oddiylikni targ‘ib qiladigan, vafodor, ming yillab birovni kutishga qodir, yaxshi do‘st, pishiq uy bekasi, pulga qattiqqina va puxtagina ayollar. Ulardan yaxshi buxgalterlar va tikuvchilar chiqadi. Musiqani ham yaxshi sezishadi. Aql-farosatli. Va yana ular ayyor, o‘z maqsadi yo‘lida беспощадный, tilida zahri ko‘p va men eng qo‘rqqan jihatim odamga og‘riq berishni juda yaxshi eplay oladigan ayollar.  Hammasi juda kichkinalik paytimdan boshlangan bo‘lsa kerak. 2 - sinfdaligimdayoq bitta bolachani yaxshi ko‘rib qolgan ekanman. Men bilan bitta partada o‘tirardi. Onam, birikta sinfdoshlarim aytib berishgandi. U bolacha bizni uyimiz tarafda yashardi. Yo uning 10- sinf opasi, yo mening onjonim bizni maktabdan olib ketishardi. Aytishlaricha, bir kuni maktab formasi fotosessiyasiga shu bolacha bilan boshqa bir qizni tanlab olishganida rosa yig‘lagan ekanman. Lekin gap u qiz haqida emas. Kozerog qizlarga bo‘lgan "sevgim&quo

Closed

  Bilasanmi, kimga o‘xshayman? Hamma akkauntlarni o‘chirib, mobilaning sim kartasini katta qaychi bilan qirqib, uydagi elektr toki simlarini uzib tashlab, hamma eshiklarni yopib, fortochkani ham qoldirmasdan hamma derazalarni zichlab, pardalarni tushirib, bir stulga o‘tirib, qulog‘imga paxta tiqib olgan va shuning ustiga nafas ham olmay turishga urinayotgan odamga o‘xshayman. Qanaqasigami? Masalan, bir fikr xayolimga keladi. Voy deyman, zo‘rdahshatmazzachotkiymotkiyendizo‘rbo‘ladiboplayman deyman, albatta shunday qilishim kerak deyman. Ichimda bayram boshlanadi, chunki ichimda shunaqa roddom bor. Har bir zo‘r fikr tug‘ilganida, u vadavang o‘yin-kulgu, xursandchiliklar bilan olib chiqilib, butuuun tanamga eheheeey yana bir parcha yorug‘lik tug‘ildii deb ko‘rsatish an'anasi bor. Shu bayramning musiqasiga o‘ynayman deb qulochimni eendi yozgan paytim, qo‘llarimga qars etib kaltak tegadi. Bu kaltak ham o‘zimning xayollarim. "Jinnimisan, bu mantiqqa to‘gri kelmaydi, bu falon-falon

O‘zgarish

  Qariyb ikki yil avval, Floridaga ko‘chib kelish oldidan bo‘lgan uzoq suhbatlardan birida "faqat bir-birimizga so‘z beraylik uyoqqa borib o‘zgarmaslikka?" deb chin dildan kuyinganim esimda. Mana hozir qaytishga chamadonlarimni tayyorlayotib esa  o‘zgarganimdan xursand bo‘lib o‘tiribman. Meni shu o‘zgarishlarga olib kelgani uchun umuman boshqa dunyo bo‘lgan davlatdan, boshimizdan kechgan quvonchli va qiyin kunlardan, yo‘limizda uchragan yaxshi-yomon odamlardan, har xil tasodiflardan minnatdorman.   Men категоричный bo‘lmaslikni o‘rgandim. Faqat qandaydir xarakter, faqat qaysidir o‘rnatilgan tartib, faqat qaysidir hayotiy falsafani to‘g‘ri deb o‘ylamaslikka o‘rgandim. O‘zimni juda ilg‘or fikrlaydigan odam deb hisoblagan ekanman-u, miyamda o‘zimga yarasha tarakanlarim yetarlikkina ekan. Rasist, millatchi, shovinistik fikrchalarim bor ekan. Hozir esa e'tibor bersam, biror voqeani gapirib berayotganda odamning irqini alohida ta'kidlab o‘tib ketmaydigan bo‘libman. "

Bir iltimos (arxiv)

Sizdan э лот оф фукин iltimos. Agar bir odam sizning mushugingizni pisht demagan bo‘lsa, ogorodingizga qo‘lida tosh bilan yaqinlashmagan, sizga yomon gap gapirmagan, tvitizga debilniy riplay yozmagan bo‘lsa, sizdan qarz bo‘lmasa, siz bilan ishi ham bo‘lmasa, sizga biror yomonlik tugul, umuman siz tomonga qarab biror xil xayol qilmagan bo‘lsa, dazmolning tagi qanday bo‘lsa, siz ham o‘sha odamga shunday teptekis bo‘lsangiz, shu aytmoqchi bo‘lganimni qilmang, iltimos. Тем бооооолее, sizni hurmat qilib, siz haqingizda yaxshi fikrda bo‘lib, bolalarizgacha yaxshilik tilab, sizdan tushida ham kutmaydigan odamga, iltimos iltimos iltimos.. yomonlik qilmang. 

Raqsga tusholmasligim haqida agressiv post.

  Siz chiroyli raqsga tushasizmi? Basharangiz qursin. Shu bildirib bera oladimi siz va sizdakalarga qanchalik hasad qilishimni? Sizlarga mazza. "Ha" deb qo‘llarizni yoziiiiib, aylaniiiib, yo‘rg‘alaaaab ketaverasiz. Uchiib, kuliib, yoningizdagilar bilan нон-вёрбл камуникейшн qilib yayrab yuraverasiz. Ichingizdagi odam qanday o‘ynayotgan bo‘lsa, tashingizda ham shunday o‘ynay olasiz. Sizlarga mazza. Tayyor taqiqlanmagan modda-ku raqs. Siz eeeerkinsiz. Shu darajada erkinsizki, har bitta harakatingizni tergamaysiz. "O‘ng‘aymi, o‘ng‘aysizmi?" deb o‘tirmaysiz. Tanangizning do‘stisiz. Yuraginigzdagi olovni hech qanaqa ahmoqona o‘ylar-u, qimtinishlar bosib qo‘ymaydi. Sizlarga shunchalik mazza.. "San o‘ynamading" deb birov sizdan arazlamaydi. Odamlar davraga tortib chiqmasin deb, hech kim bilan ай контакт qilmay, telefonizga tikilib o‘tirmaysiz. Yoki kimdir tortib obchiqib qo‘ysa ham, faqat qarsak chalib turaverganingizdan qizargan kaftizni qashib turmaysiz. Yoki

Buvi-momolarimiz haqida.

 Buvi-momolarimiz unday bo‘lishgan, munday bo‘lishgan, quyosh nurini yeb, havoni ichishgan degan gaplarni yoqtirmayman. Oy-kuni yetib qolgan ayolga o‘zi bajara oladiganidan ikki baravar og‘irroq ishlarni buyurib, "buvilarimiz dalada tug‘ib, yana paxta terib ketaverishgan" deyishlarini yoqtirmayman. Yeging kelgan biror narsani ayttirib yuborsang, "buvilarimiz qotgan non bilan suvga qanoat qilib ketaverishgan" deyilishini yoqtirmayman. "Buvi-momolarimiz ro‘zg‘or yukini o‘zi tortib ketavergan, buvi-momolarimiz hech kimdan hech narsa so‘ramagan, buvi-momolarimiz hamma narsaga chidagan"... Biror yangi ish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsang, yoki o‘qib savodingni orttirmoqchi bo‘lsang ham shunga o‘xshash birnima.   Bularning hammasi rost. Bularning hammasi bo‘lgan. Lekin nimaga? Chunki, buvi-momolarimiz tug‘vorgunicha paxtaga chiqishga majbur bo‘lishgan. Har tong eshigini taqqillatib, o‘lib yotgan odamni ham qamchilab ishga chaqirib yurgan Umar zakunchilar bo

"Ikat" haqida

  Dunyoda eng yaxshi ko‘rgan ishlarimdan biri chiroyli narsalarga anqayish. Ruschada восторг so‘zi bor-ku, ana shu so‘z bilan ifodalanadigan kechinmani bir qancha vaqtga ichingda yashatib turish. Восторг. Aytilishiyam, qandaydir, birinchi bo‘gin "vah" - hayratga ochilish, keyin "sstto" - qiziqishning kuchayib borishi va oxiridagi "rk" huddi nafasingiz ichiga tushib ketgandek, har qanday o‘ylardan ketib, ko‘rib turganingiz go‘zallik oldida jim bo‘lib qolish. Shunaqa tushuntirib bera oldim.     Men iste'molchi sifatida ko‘p tanqid qiladigan odamman. Shunchaki, hamma o‘zini hurmat qilishi, o‘ziga baland baho berishi tarafdoriman: ham mahsulotni yaratgan tomon, ham iste'molchi. Yaxshi mahsulot yaratganidan qoniqish va o‘zi mo‘ljalga olgan auditoriya e'tirofiga ega bo‘lish yaratuvchini ulug‘laydi. Iste'molchi esa bir inson mehnatini, vaqtini va o‘zini sarf etib yaratgan sifatli mahsulotga arziganidan qadri oshadi. Kritikligimning sababi ha

Hola

  "The breadwinner" degan animatsion film ko‘rdim bugun. Afg‘on qizcha haqida. Shu filmda bir chiroyli so‘z aytishdi. Hola. Oyning atrofida chiziiq bo‘lib turadigan nur bor-ku, o‘sha hola deyilarkan. Yana ayollar ismi.    Filmda bir tolibon askari obrazi bor. O‘zi o‘qish-yozishni bilmagani sabab bir afg‘on qizchadan bir xatni o‘qib berishini so‘raydi. Xatda askarning rafiqasi halok bo‘lgani haqida yozilgan bo‘ladi. Ayolning ismi Hola bo‘ladi. Askar uzoq sukutdan keyin qizchaga xatning Hola deb yozilgan joyini ko‘rsatishni so‘raydi. Ismni silaydi. Keyingi safar qizchani ko‘rganida unga shu ismni yozishni mashq qilgan qog‘ozini ko‘rsatadi.    Mehribon odam bo‘ladi. Oxirida qizchaga o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib yordam beradi. Keyin oyga qaraydi. Hola bor bo‘ladi.

Namozgar haqida

Buxoroda.. bunaqa paytni namozgar deyishadi. Qishloq ko‘chasining oxirida quyosh qiziil bo‘lib ko‘rinadigan vaqt. Yozning issig‘ida yumshagan asfalt iliqqina bo‘lib qoladigan vaqt. Bibijom biz otini bilmaydigan (nevaralarining ismi bilan Behruzni bibisi, Bibi Nigi deb chaqiradiganimiz) kampirlar bilan hangomani yig‘ishtirib kechki ovqatni suzishga kirib ketadigan vaqt. Amakim qo‘llaridagi traktor moyini tagidan bossang suv tushadigan umivalnikda yuvadigan vaqt. Kechki paytga atalgan qovunning ustiga quduqdan muzdek suv kachat' qilib qo‘yadigan payt. Toshkentda.. eng chiroyli vaqt. Frunzenskiyda sochingda shamol bilan yo‘l qarab turiladigan vaqt. Ishdan charchab chiqib, uyga shoshmay piyoda ketiladigan vaqt. Sayrlar qilinmasa bo‘lmaydigan vaqt. O‘sha vaqtlardagi twitterchilarning eng chiroyli tvitlari yoziladigan payt. Kimdir seni kutib turadigan vaqt. Eng yaxshi kadrlardan ko‘pi xotirangga suratga olib qo‘yilgan vaqt. Eng romantik vaqt.

Nima qilib yurganim haqida.

    Xo‘shshsh. Yozsam yozay. Men hozir ishlamayapman. Ya'ni ertalab turib, biror korxonaga borib, obeddan keyin qaytib kelmayapman. Hozir shunaqa. Oldin ishlaganman. Buyoqda bir-ikki xil ish qilib ko‘rdim. Bittasi oshpazlik edi. Menga yoqqan. Zo‘r. Ishimni ham chin dildan bajarganman. Og‘irroqlarini ham. Aytmoqchimanki, dangasaligimdan emas ishlamayotganim. Shunchaki, bir sohaga qiziqib qoldim. Shu yangilik haqida va bundan keyin nimalarni plon qilayotganim haqida yozay.     Aslida, bu postni ishlamayotganimga ba'zilarning zimdaan noroziligi - birovga uyda o‘tirganim degradatsiyadek tuyulganidan, boshqa birov Amerikadek pul konidan foydalanmayotganimni aqliga sig‘dirolmaganidan - menga ta'sir qilgani uchun yozishni boshlagandim. Ancha kun oldin. Tutaqib qandaydir. Keyin o‘ylab qarasam, hech kimga hozirda qanday o‘y-fikrlar bilan yashayotganimni tuzukroq tushuntirmagan ham ekanman. Bir urinib ko‘raman.     Chizishga yoshligimdan qiziqqanman. Stengazetalar ishonilardi. Daf

Toshkentga xat.

   Asalim, Toshkent. Hech qachon telefon qilmaydigan qarindoshga o‘xshaysan. Men boshqalarga telefon qilib, seni ko‘rsatib yuborishlarini so‘rayman. Sening holing, kun-u tuning bilan qiziqaman. Xuddi men senimas, sen meni tashlab ketgandek. "Alam qilsin" degandek rasm-u videolarga chiroyli tushishing, men ketgandan keyin eng qiziqarli voqealarni boshingdan kechirishing. Shuncha vaqt borimda qilmaganing - Sevara, Shohruhlar bilan yayrab kuylaganing, va yana bir qancha esda qolarli damlaring men yo‘g‘imda bo‘lgani alam qiladi. Ataylab qilasanmi..     Necha marta o‘ylab chiqdim seni yana qayta ko‘rganimda o‘zimni qanday tutishimni. Borganimda nimalar qilishimni. Nimalar deb, qanday kulib-yig‘lashimni. Seni yana ko‘rishimni. Seni yana ko‘rishimni. SENI YANA KO‘RISHIMNI! Ungacha... Toshkentim, kuydirmay tur.

E'tiroz.

  Masalan, bir odam sizga doim biror narsa borasida nima deb o‘ylashini aytadi. Fikringizga qo‘shilmasa, aytadi. Tushunmasa, aytadi. Nimadir deyishi kerak bo‘lsa, deydi shuni. Sizga shuni bildiradi, holatni aniqlashtiradi. Ba'zilar uchun bu oddiydan oddiy reaksiya.  Shunaqasiga u o‘zini ham, sizni ham tushunmovchilikmi, ko‘ngilsiz vaziyatlardanmi saqlaydi.   Agar birov sizning yaqin birovingiz bo‘lsa, agar sizda bor bo‘lsa, unga e'tirozingizni ayting. Bo‘lmasa, Hojiboyning atom bomba tushgan hazilidagi "tinchlik-tinchlik, o‘zim..qorbobo deyapman" degan qo‘shnidan bo‘lasiz. 

What I want to do

- Buxoroda yozgi kanikulda, bibijom borlarida yonlarida, obed paytida, muzdek hafbolor(shifti 7 ta ustunda turadigan xona)da bir katta tarelkada, o‘zimizning tomorqadan uzib chiqilib, bir chelak quduq suvida muzlatilgan, katta katta qilib to‘g‘ralgan, yaxshilab tuz sepib, ustiga jicha oq piyoz qo‘yilgan pamadurning suviga non ivitib yegim; - Bahordami kuzdami, otoplenie hali yoqilmagan yoki endi o‘chirilgan vaqtda, kvartiramiz muzlab ketganida, kechki payt, ovqatlanib bo‘lib, qilishga hech ish qolmagan vaqtda, dajomning to‘nlarini sudrab kelib, ishdan charchab kelgan, ustlariga to‘q qizil adyolni o‘rab televizor ko'rib yotgan onjomni yonlariga biqingim; - Sovvvuq bir kunda Korzinkaga ketayotib, sovuqdanmas hayotida kamdan kam bo'lgan qadar qattiq kulishdan yuzlari qizarib ketgan ayam yonlarida, shunday osoyishta odamni hech bunaqa ko‘rmaganimdan ruhlanib battar kuldirayotgan paytimda paydo bo'lgim; - o'sha qadrdon bevafo dugonamga o'quvchilarining yonida Nazarxo

Samiraga

Bu postni yozishimga sabab - hozir, aynan hozirgi kunlarim shu vaqtgacha yashagan umrimning eng yaxshi kunlari deb o'ylaganim. Bunga sen sababchiligingni aytgim kelgani. Sen bilan butun kun-tun davomida birga bo'lib o'ynab, kulib, o'zimizni muhim ishlarimizni qilib, uxlab, yugurib, hhham qilib, naynum qilib yurganim - eng yorqin quvonchlarim.    Bugun s e n bilan sirpanchiq kacheli uchishga bordik. O'zingni tilingda "uuuu". Ninnasida, o'rtachasida uchding. Kaattasida birga uchib tushdik. Qo'l ushlashvolib. Sirpanchiq oxirida kacheliga yotib oldik ikkalamiz. "Osmondagi bulutlaga qara" desam kulib qo'yding.        Aslida, bu momentni hech qachon unutmasam kerak. Sening doim sevgimni his qilib turishingni ta'minlashni ham. In case if you question who is the sun of my life, then read it.  Doim men uchun qiziqarli, tushunarli va qulay bola bo'lgansan. Sen hozirdan shunaqa aqlli, mehribon va quvnoqsan. Doim shunaqam bo'lgin.

Faqat ba'zilarga

   Salom, chiroylilar. Po'mpalog'ingiz katta bo'lyaptimi (o'zimi/o'zingizdami)? Yoki u haqidagi xayollaringiz katta bo'lyaptimi? Demak sizga bu post qiziq bo'lishi mumkin. Qolganlar линкni yopib ketaversin. Rosti, maslahat berishni maslahat beruvchilardan to'yib ketishimdan oldin ham yomon ko'rardim. Lekin hozir yozmoqchi bo'lganlarimni vaqtida o'zim oldinroq qayerdadir o'qigan, kimdandir eshitgan bo'lishimni juda xohlardim. O'zim paypaslab, qoqilib o'rganishni emas. Reklama tugadi. Asosiy qism.    фёставол. "Hoziroq mundoq qil, bo'lmasa keyin qiyin bo'ladi", "o'lasan, qiynalasan, agar..." kabi "do'stona" gaplarni eshitib cho'chimang. Xavotir olmang. Hali sodir bo'lmagan bir narsalarni o'ylab yuragingiz orqaga tortmasin. Qo'rqmang. Qo'rqadigan narsa uje ortda qolib ketdi. Har tong o'zingiz(yoki ikkinchi o'zingiz)ning kopiyachasini ko'rish imkoniyati

Papá.

   Men dadaparvarman, dadasevarman, dadaparastman. Kichkinaligimda ham yig'lasam, "dada" deb yig'lardim. Dadamning hech qachon advokatdan kamchiliklari bo'lmagan. Har doim taraflarini oladigan, kimdir yomonlasa yig'lagudek bo'lib bahslashib ketadigan, oxiri "dadamga aytib beraman" deb ketadigan.     Xudo chotkiy dadadan qismaganiga shukr. Dadalardan desam ham bo'ladi.  Qolganlarni bilmadim-u, ammo Qo'qonga kelin bo'lganlarning dadasi uchta bo'ladi. Birinchisi, yor-yorgacha gard yuqtirmay o'stiradigani, ikkinchisi yor-yordan keyingi tinchlik-farovonligi uchun ko'ksini qalqon qilib tutib beradigani, uchinchisi aynan yor-yor paytida "qatiq ichirish" degan marosimdan keyin o'z-o'zidan yana bitta qizlik bo'lib qoladigani.     Dadalarimga ensiklopediya, konsultativ markaz, teatr, do'st, superqahramon, ba'zi gazitlarning "Agony aunt" ruknidagi ustuniga murojaat qilgan kabi murojaat qilis

Б.Д.А.Б.К.Я

    Bir kuni uydan(24yil yashaganim) bir narsa topib olgandim. Kichik silliq temir parchasi. To'rtburchak: eniga 4 sm, bo'yiga 1 sm ham chiqmasa kerak. Unda chiroyli qilib Б.Д.А.Б.К.Я deb o'yib  yozilgan edi. Ikki tomonidan teshilgan: zanjir bilan bilakkami, bo'yingami taqib yurishga mo'ljallangan shekilli. Qiziqib onamdan bu narsa nimaligini so'radim.    - Uning ikkinchi qismi ham bor. Unga Л.Б.Б.Б deb yozilgan. Dadang bilan ikkalamizning shiorimiz edi talabalik davrlarimizdan beri. Men ikkinchi qismini, dadang birinchi qismini taqib yurardik doim. Б.Д.А.Б.К.Я - bu dunyo asli bir kam yaralgan. Л.Б.Б.Б - lekin biz baxtli bo'lamiz.    Menga bu buyum yoqqandi. Bu buyum tug'ma yurak kasali bilan tug'ilib, turmushga chiqish taqiqlangan, 30 ga kirmay o'lib ketadi deb bashorat qilingan ayolning kichkinagina kuchli narsasi bo'lgani uchun. Shunaqa tashxis bilan bitta emas to'rtta (shularning uchtasi egiz) farzandni dunyoga keltirgan onaning bi

A girl in Isetta

    Она стояла у калитки кафе прислонившись к своей нереальной машине. Машине ярко красного цвета. Биэмдаблю пятдесять шестого года по имени Исетта. Такая же легкая и изящная как ее название. Это была машина которую гражданин моей страны никогда не покупал и по всем критериям никогда и не купит. Ибо вешь такой ценности, древности и странности доступна 0,00000001. Она была одна единственная которая может существовать в радиусе бббохзнаетсколько километров. И она была только у неё. У этой девушки с лаконичной шляпой  на затылке и в очках от Том Форд. Костюм и чёрная рубашка хоть и сидели на ней суперски мегашикарно, были не совсем по погоде этого chilly марта. Из машины доносились мелодичные звуки неизвестных мне композиций. На переднем и единственном пассажирском сиденье стояла кипа книг обвязанных веревкой. По виду старинных.  И бутон пиона на этой кипе. Я посмотрела на неё: "Кто ты?" Она в ответ улыбнулась: "Время покажет". Мне показалось, в будущем я её ещё много

Sevgim haqida

    Shunaqa bo'lishi mumkin ekan. Bir marta ham ko'rmagan, gaplashmagan, u haqida hech kimdan eshitmagan odamingni зииииииииис мач yashko'rishing mumkin ekan. Na yuzi, na ko'zi, na ovozi qanaqaligini bilmay turib. Na ismi, na xusni, na xarakterini. Hay, uni-buni aytmay, hattoki, jinsi qanaqaligini bilmay turib.      Unga eng shirin kunlarni tilashing, u uchun boshqa hamma ishingni tashlashing, u uchun yaxshi bo'lishni boshlashing mumkin ekan. Unga biror zarar yetishi haqidagi fikrning o'zidan birdan yuraging orqasiga tortishi, ko'zingdan uyqu qochishi, kundan-kunga ko'nglingda mehrning yangi yulduzlarini ochishing mumkin ekan.      Hech qaysi gapingga javob qaytarmaydigan insonga soatlab gapirishing, bu baxtdan bir qop semirishing, jilmayib-jilmayib kun kechirishing mumkin ekan (: Hammaga uning borligi bilan "shep"lanishing, barcha qiyin sinovlarga shaylanishing... eh... yanayam odamlashishing mumkin ekan.

O’zimga xat

                                                    Пишу это письмо надеясь, что оно мне поможет в тот чёрный день, который, надеюсь, никогда не наступит. Ba’zan shunday bo’ladi: bozorga tufli olgani borasan. Bozor-chi g’ala-g’ovur, rang-barang. Mayda-chuydalarga chalg’iysan. Aslida nima uchun kelganingni esa boshqa birovning tufli kiyib ko’rayotganiga ko’zing tushgachgina eslaysan. Xuddi shunday ba’zan hayotingning qaysidir payshanbasida shunchaki baxtli yashayotgan bir-ikkita odamni uchratib qolgachgina bu Yerga NEGA kelganing esingga tushadi.     Irosh, ин кейс qachondir yana boshing aylanib yo miyang butkul bug’lanib ketib, o’zingni baxtli yashashdan boshqasi uchun tug’ilmaganingni unutar bo’lsang, shu postni bitta o’qib ko’r.     Sani mandan yaxshi hech kim bilmaydi. Bir kun kelib allaqanday odam buni aksini aytib, o’zingga o’zingni Baba Yaga qilib boshqatdan tanishtirishni boshlasa, qulog’ingni yop! Axir sani ishontirish oson ( мне ли не знать ).    Irosh, yax

Tong (Arxiv)

"Xayrli tong, palonchi", "yaxshi yotib turdingmi?", "yaxshi borib kel", "ehtiyot bo'l", "imtihonlaringda omad", "Xayrli tun, yaxshi yotib tur" ...va shu kabi xushmuomalalik iboralari. Dunyodagi eng qiyin so'zlar, chamamda. Odam tinchgina shu so'zlarni aytsa, tilining tomiri tortishib qolsa kerak. Yoki ovozi chiqmay qolsa kerak - "gung-da" (c). Yoki tishlari pushtirang bo'lib qolsa kerak. Yoki ikkiga ajralgan tilining uchi qayta birlashib qolsa kerak. Qaydam. :))

“Solikum, ZAGSdan yuvorishuvdi”

Hammaning hayotida shunday davr keladiki, unda ixtiyoriy iks odam boshqa bir igrik odamning yuzini qolgan umri davomida, Xudoning bergan kuni ko’raverishni bo’yniga oladi. Men va Sirg’alida yashovchi bir handsome yigitning hayotidagi shunday davr koordinata tekisligida o’zaro tutash bo’lib qoldi. Shu sabab bo’lib, ikki xil familiya yozilgan pasportlarni ko’tarib FHDYOga obordik, birxillashtirgani. Shu binoga borguncha yashab o’tilgan yo’l, tanlovimning ko’pchilik hollardagi kabi ixtiyoriy-majburiy ravishda qabul qilinmaganligidan baxtliligim va yoki handsome so’zi 23 karra ma’no kuchaytirilishiga uchrasa-da egasini ta’riflashda oqsashi haqida emas lekin bu post. Oddiygina ZAGSdan o’tish jarayonining moliyaviy, sal hajviy va hayotiy jabhalari haqida. Фёрст. Bollar, uylanmoqchi bo’lsangiz, avval 19.000 so’m to’plang. Chunki aynan shuncha aqcha ZAGSga “mashu qizga uylangim kevotti, u ham rozi” qabilidagi arizani o’zingiz yozib berganingiz uchun kerak bo’larkan. Секынд . Yana taxmina

..

              Знаете, есть такая примета: если твой блогпост  начинается со слов «Бывают такие моменты», значит, с тобой творится что-то не самое приятное. (c)    Shunaqa paytlar bo'ladiki, faqat bir sekundlik tabassumga kuching yetadi. Shunaqa paytlar bo'ladiki, kun bo'yi ko'rganing faqat asfalt bo'ladi. Ba'zan xira asfalt. Yana shunaqa paytlar bo'ladiki, Daft Punk'nikidek kaska kiyvolging keladi. Hammadan bekinib.  Aniqlolmaysan, yuraging ko'proq og'riyaptimi yoki boshing..  Har xil og'riqli savollar xayoling sahnasida defile uyushtiradi. Biri qo'yib, biri keladi. Bezbetlarcha g'olibona nazar bilan ko'zingga qarab-qarab ketadi. Javobini bilmaganingdan ko'ra bilganing ko'proq dard keltiradigan savollar.  Chin dildan quvonching, bittayam yupanching, hech kimga ishonching qolmaydi.  Nima qilasan..?

Matematika

Matematikani sog'indim. Eshikning g'iyqillagan oshiq-moshig'i moyni sog'ingandek. Sog'indim, shpatlevkasi to'kilayotgan devor najdachkani sog'ingandek. Sog'indim, uzoq vaqt mashinada yurgan odam piyoda yurishni sog'inganidek. Sobiq bokschi ringni sog'inganidek. Xuddi asriy xotirjam yurak hayajonni sog'inganidek. Sog'indim, eng talabchan o'qituvchimni sog'ingandek. Tinchib qolgan dengiz bo'ronni, mergan kamonni, uchuvchi osmonni sog'ingandek. Mingga bosib yugurishni, o'tkir "misaro'bka"dan go'sht chiqarishni, yugurib borib suvga kalla tashlashni sog'ingandek. Natural sonlarni sog'indim, teoremalarning aniq isbotlarini sog'indim, tenglik belgisiniyam. Noma'lum  x  ni topishni, mavhumligicha qoldirib ketavermaslikni sog'indim. Bitta savolga bitta javob bo'lishini, bo'sh aravamni uyoqdan buyoqqa yetaklamaslikni, internetda tayyor yechimi yo'q masalalarni sog'indim.

У кого что болит

Kimdir jamiyat, kimdir siyosat, kimdir texnologiya, kimdir muhabbat to'g'risida blogpost yozmayotgan bir paytda, man o'zim uchun og'riqli (hamma ma'noda) nuqta bo'lgan masalada yozmoqchiman. Twitterda allaqachon maqtanib bo'ldim - ukol olyapman tomirimdan. Kamchiliklarni ko'rishga zo'r, mehrni ko'rishga kelganda ko'r ko'zimni davolash maqsadida. Maqsaad, maqsad...bu postni bir ixtiroga ehtiyojim borligidan yozyapman. Manga shpritslarning ignasi alohida sotuvga chiqarilgani kerak. Zarur, shart, пажалиста! Chunki do'xtir kukunsifat vositaga suyuq boshqa vositani aralashtirib ukol qilinsin deb yozib bergan. Nomlari uzun, bilganizdek. U kukunsifat dori rezina qopqoqli mitti bankachada bo'ladi. Penitsillinnikidek. Med.singil boyagilarni aralashtirish uchun shpritsga oldin suyug'ini tortadi. Keyin shpritsni kukunli bankachaning rezina qopqog'iga tiqadi. Suyuq dorini bankachaga yuvoradi, kukun bilan aralashtiradi, qaytib tortvol

One was, one wasn't..

Qo'zichoq bo'lganakan. Butun dunyodagi o'tloqlar uniki ekan. Xohlagan joyida sakrab-o'ynab o'tlab yurarkan. Aytganimdek, hamma joy uniki ekan, shundayam u buloq bo'yidagi bir parcha yerni aynan o'ziniki deb e'lon qipti. Chunki, cheksiz o'tloqlarda kezish vahimali tuyulipti, adashib qolishdan cho'chibdi. Uyida yo'qolib qolishdan qo'rqib, faqat bitta xonada o'tiradigan odamning ishida qancha mantiq bor? Qo'zichoqning ham qilgan bu ishida shuncha mantiq bor ekan. Хотя, qo'zi va mantiq... (: Shunaqqib, qo'zi tanlagan yerida yashab yuraveripti. Bir kuni allaqayoqdan gul topvopti. Gulni yeriga tashlagan ekan, u tushgan joydan yana ikkita gul o'sib chiqipti. Qo'ziga bu ishi qiziq tuyulib, yana gul opkeb tashlayveripti. Gullar ham ko'payaveripti. Chiroyli, rang-barang. Atrofdagi boshqa qo'zilar uning ishini ko'rib "be-e-erakallo" deyishipti. Qo'zichoqqa bu juda yoqipti. Zo'r-ku. Endi u, искл

дом 380

Qarasam, havo chotkiy. Ko'chaga chiqdim. Derazasidan Irosh qarab turganakan, uniyam chaqirdim. Ikkalamiz 380-dom tarafga bordik aylanib. Qizlar-bollar to'planib "snayper" o'ynashayotgan ekan. Yaxshi o'yin. 44-uydagi Cherchil amaki "Bu eng yomon o'yin, lekin hali bundan yaxshisi o'ylab topilmagan" degandilar. Snayper - dvoynoy "o'rtaga tushar". O'ynash uchun ikkita jamoa va koptok kerak. Yana, maydon o'rtasidan ikkiga bo'linadi, komandalar bir-biriga qarama-qarshi turib olishadi. Keyin ularning kapitanlari chiqib, raqib komandaning orqasiga o'tib turishadi. O'yinning qoidasi - kapitanlar o'zinikilarga koptokni oshirishi va/yoki raqib komanda a'zolarini "urishi" kerak. O'zinikilarniyam ishi xuddi shu. Raqib jamoa a'zolari, афкоз, to'pdan qochishi yoki uni "ilib olib" o'z sardoriga otishi kerak. Qocholmay qolib koptokdan kaltak yeganlar kapitan turgan joyga yugurib o&

тебе

На днях я узнала что мы с тобой не сможем общаться. Временно. Плюс минус 70 лет. Многовато... Но это можно пережить, ведь мы вместе уже миллионы лет. Возможно даже больше. Ахир, не могут люди знать друг-друга так хорошо как мы с тобой, если они не прожили пару-тройку миллионов вместе. Иначе невозможно, как два человека, в один и тот же момент, находясь в разных местах, ни с того ни с сего умудряются мыслить по спечифически одинаковым темам. Отправляют смс, твитят об одном и том же. Потом поражаются до ужаса похожести. И так бесконечное число раз. Посчитай, сколько удивлённых "блин, астофирилло" мы говорили. Впрочем, эта тема старее солнца. За миллионы лет миллиарды раз обсуждавшаяся. Ты знал меня давно, несколько жизней тому назад, я тоже. Помню как ещё в 20-ые, когда мы жили на улице Кардинала Лемуана, ты любил ночами печатать на машинке. Так вот, раз уж мы форева тугеза, я думаю твоё отсутствие 60-70 лет - не совсем страшно. По сравнению, это равно одному летнему лагерьном

QattiXmi yumshoHmi?

   "Nima farqi bor?!" Shu gapni dadamga aytmang, iltimos. Eshitasiz eshitadiganizni (: Buxoroliklar bilan bu mavzuda tortishgan befoyda. Chunki odatda ular yaxshi farqlashadi. Chunki h o'zbekchaga fors-tojikcha(va arabcha)dan kirib kelgan, a Buxoroda tojik tilida ham so'zlashiladi. Tojikchani bilganga h va x masalasi - che-pu-xa! Sizgayam chepuxa bo'lsinmi? Yo'llari bor. Bularni o'zim o'ylab topganim yo'q, ag'dan-bag'dan o'rganganlarimni umumlashtirdim. Aytaveraymi?    Ф ëрст, h bo'g'iz undoshi. Nohaq gap eshitganingizda birnima tiqiladigan joyingiz bor-ku, o'sha yoqda hosil bo'ladi. H  xuddi havodek sezilarsiz, yumshoqki, shuning uchun ba'zan so'z o'rtasida tushib qoladi. Фо икзампл: buxoroliklar, forslarga o'xshash tallaffuzga ega bo'lganlari uchun shahar so'zini [sha:ar], fahm ni [fa:m] deyishadi. Ismlardayam shu. Shahnoz - [Sha:noz], Shahzoda - [Sha:zoda]. Bitta Muhabbat degan ammamnin

Javobsiz sevgi yohud birov yebturgan lavash

Hammada bo'lgan. Hammani ham loveback qilishmagan :) Hamma biladi. Lekin aniqlashtirvolaylik: nima u o'zi "javobsiz sevgi"?  Bu - javobsiz savoldan ham qiyin, anorning po'stidan ham taxir, внутремышечный qilinadigan vitamin B2 dan battar achishtiradigan matoh! Unga qarshi chora hali o'ylab topilmagan. Ming urinib savolni soddalashtirsang ham, anorni shakarli suvga ivitib qo'ysang ham, B2ni novokain bilan ursang ham foydasi yo'q, bir ish chiqmaydi. Ana undan keyin o'zingni osasanmi (shunaqasiyam bo'gan), boshqa milliontasi bilan gaplashasanmi (asalga yetisholmagan shakarchoyni bosib icharkan), tinchgina "hay" deb ketasanmi, sening ishing. Aslida, oxirgi variant eng tuzugi. Negami? Hozir tushuntirib beraman. Tasavvur qil, sen Toshkentdagi eennng zo'r lavashni yeyapsan. Eenngg chotkiysi, eng sochniysi, eengg yumshog'i, to'yimlisi, mazalisi, xushbo'yi...mmm. Mazza qilib, har bir tishlamidan bahra olib, boshing aylangudek

998 - uy

Bizning uyda hamma ishni dadam qiladilar. Uyda bo'ladigan gap-so'zlardan kelib chiqib aytyapman. Tilimizda doim dadam. Biz doim aytib yuramiz: "Dadamning sharofatlari bilan mastavaga piyoz archildi", "3 juft paypoq yuvishga imkoniyat yaratib berganlari uchun dadamga rahmat", "dadamning tashabbuslari bilan tortning kremi pushti bo'ldi". Yana "dadam 22 yil oldin onamga uylanmaganlarida edi, ..." yoki "dadam faloninchi yilda onamga uylanganlaridan beri..." degan variantlari ham bor. Necha yil bo'lib ketgan uylanganlariga, biz - bolalar katta bo'lganmiz ham. Lekin baribir aytaveramiz, shunday. Nima qipti, qiyinmi aytish (qiyin ishdan Xudo saqlasin!) ? Biz qarshimasmiz. Biz hechnimaga qarshimasmiz. Dadam oylik olib kelib tursalar bo'ldi-da, uy tinch bo'lsa bo'ldi-da! Buning hammasi dadamning qo'llarida. Biznikida hamma ishni dadam qiladilar (:

qxm-qxm

"Assalomaleykum". Yoshligimdan beri shu so'z bilan menda nuqul problema. Esimdan chiqib qoladi uni aytish. Shu bilan bog'liq ko'p смешной va не до смеха voqealar ham bo'lgan. Masalan, bir kuni qo'shninikidan ikki dona sabzi so'rab chiqishim kerak bo'lgan. Ketimdan eshikni yopayotgan odamning, "Salom berish esingdan chiqmasin!" deganini yarim qulog'im bilan eshitganman. Qo'shnining eshigini taq-taq. Ochishi bilan: "A bizachiii, buvimlanikiga bordiik, metroga chiqdiik, daraxtdan olcha terdiik, cho'milgani bordiik..." deganman-u, keyin "Assalomaleykum, ikkita sabzi berib turing" :) Bir marta, 3 yoshligimda shekilli, bitta ayolga salom bermaganman. Onam rosa undaganlar "Irosh, palonchipengga salom bermisanmi?". Men esa qoshim, labim, burnimni bir nuqtaga to'plab "salom bermiman" deb turaverganman. Rosa hijolat qilganman odamni. Uyga qaytganimizda, onam "ohista" so'raganlar