Oxiri haqida

Balkim eng oxiri jazomasdir.

Balki xuddi maktabdan charchab kelishingda kutvoladigan onadek boʻlar senga. Balki savol-javob ham boshqachadir. “Qalaysan? Yaxshimisan? Qalay boʻldi hammasi? Nimalar oʻrgandinglar? Oʻzingga eng yoqqani nima boʻldi? Haa, qiziq, qiziq. Hech kim xafa qilmadimi? Kim? Nima boʻldi? Sen nima qilding? Nega borasan oʻzi uyoqqa? Shular bilan oʻynama deganman-ku. Shunaqa-da aytganimni qilmaysan. Borib gaplashaman, boʻpti. Boʻlaqol, vaqt boʻlyapti”. 

Kir, ogʻir kiyimlaringni yechib qoʻyarsan balki. Sen uchun suzilgan kosadagi issiq, mazali, mehrli nimanidir ichib, issiq elitib sekin uyquga ketarsan. Oʻtgan umrning xotiralari ham, oʻzing ham sekin oʻchib ketib unutilar balki. 

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.