Faqat ba'zilarga

   Salom, chiroylilar. Po'mpalog'ingiz katta bo'lyaptimi (o'zimi/o'zingizdami)? Yoki u haqidagi xayollaringiz katta bo'lyaptimi? Demak sizga bu post qiziq bo'lishi mumkin. Qolganlar линкni yopib ketaversin. Rosti, maslahat berishni maslahat beruvchilardan to'yib ketishimdan oldin ham yomon ko'rardim. Lekin hozir yozmoqchi bo'lganlarimni vaqtida o'zim oldinroq qayerdadir o'qigan, kimdandir eshitgan bo'lishimni juda xohlardim. O'zim paypaslab, qoqilib o'rganishni emas. Reklama tugadi. Asosiy qism.
   фёставол. "Hoziroq mundoq qil, bo'lmasa keyin qiyin bo'ladi", "o'lasan, qiynalasan, agar..." kabi "do'stona" gaplarni eshitib cho'chimang. Xavotir olmang. Hali sodir bo'lmagan bir narsalarni o'ylab yuragingiz orqaga tortmasin. Qo'rqmang. Qo'rqadigan narsa uje ortda qolib ketdi. Har tong o'zingiz(yoki ikkinchi o'zingiz)ning kopiyachasini ko'rish imkoniyatiga umuman ega bo'lmasligingiz mumkin edi. Qancha undaylar... Qolgani bir gap bo'ladi. Соскаsiz ham bola katta bo'ladi, смесьga ham kuningiz qolmaydi. Teskarisi bo'lganda ham hechqisi yo'q. Beshikda yotmasa ham qiynalmaysiz. Biror narsa odamlar aytganidek chiqmasa ham, ular aytgandek o'lmaysiz. Asab qilib baraka topmaysiz. Holatingizni bolangizga yuqtirasiz yoki молоко qochib ketadi  :)
   Зен, dedlaynlar (ingl. deadline - https://translate.google.com/m/translate#en/uz/Deadline) qo'ymang. "Chillasini chiqarvolsam, tezroq o'tirsa, endi emaklab ketsa, bir yosh qilvolsam, bog'chaga bervolsam... qiynalmay qolaman" - ko'plardan eshitdim shunaqa gaplarni. Shunisini ham xisoblaganda, biror qiziq gap eshitmadim ulardan. "Subway surfer"da faqat relslardan yugurib, oldindagi tangalarni teradigan bolakayga o'xshashadi-ye. Shu o'yinda bir bosqichdan o'tilganida, boshqa shahar ko'chalarida yugurishga ko'chiladi. Ammo nuqul relsdan yugurganingiz uchun atrofda nimalardir o'zgargani, balki biror chiroyli joylar yonidan o'tib ketganingiz bilinmaydi. Halloslab, to'g'rini mo'ljallab ketaverasiz.  Shunga o'xshab, kun sanab, kun kutib zo'r vaqtlarni o'tkazib yubormang. Tasavvur qilganingizdan ham juda tez katta bo'lib qolarkan bular. To'yvoling, ko'rvoling. Bolasining tishi tezroqtezroq chiqishini kutadiganlardan bo'lolmayman. O'zi uning kemshiklik payti yo chaqaloqligida, yo kampir/cholligida bo'ladi. Ikkinchisini ko'ramanmi yo'qmi hali...
   Файнэлли, boshqalarning bolalariga bolangizni, o'zlariga o'zingizni solishtirmang. Shunchaki. Yashko'ring o'zingizni, hop? Hech qanday kriteriylarga to'g'ri kelmang. Norma - boshqalar emas. Umumiy standartlarni talab qilsalar-da, pediatrlar ham oxirida individual xususiyatlarning borligini eslatadilar. Hamma bola har xil. Kimdir bolasi 2 oyligida boshini tutganini aytib maqtansa, qimtinib ichingizni yemang. Ular uchun xursand bo'lib qo'ying.

   Ichingizda allaqachon tushunib yetgan, lekin so'z shakliga hali kiritilmagan narsalarni aytolgan bo'lsam, xursandman. Aksincha bo'lsa, unda ham xursandman. Endi hayotiy vazifam xursand bo'lish.

Comments

  1. Aka man abituriyenmant, sizni postlariz manga juda ruhiy quvvatni zõr beradi. Vaqtim ketsayam õqib turaman. Bu blogizga post qoldirishni shuning u.n ham maqul deb topdimki, barchamiz ota bõlamiz bundanda chuqurroq farzand tarbiyasiga feodaldek munosabatda bõlish k.k deb õylayman. Ona esa bola tarbiyasi bilan shug'ullansin -shu sababdan ham õqigan qizga uylanish har bir yigit dilida bõladi deb õyliman...

    ReplyDelete
    Replies
    1. Ўқиган қиз тополмасамчи? Мен содда боламан, менга биров ўқиган қизини бермасачи?!

      Delete
    2. This comment has been removed by the author.

      Delete

Post a Comment

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.