Hola

  "The breadwinner" degan animatsion film ko‘rdim bugun. Afg‘on qizcha haqida. Shu filmda bir chiroyli so‘z aytishdi. Hola. Oyning atrofida chiziiq bo‘lib turadigan nur bor-ku, o‘sha hola deyilarkan. Yana ayollar ismi. 
  Filmda bir tolibon askari obrazi bor. O‘zi o‘qish-yozishni bilmagani sabab bir afg‘on qizchadan bir xatni o‘qib berishini so‘raydi. Xatda askarning rafiqasi halok bo‘lgani haqida yozilgan bo‘ladi. Ayolning ismi Hola bo‘ladi. Askar uzoq sukutdan keyin qizchaga xatning Hola deb yozilgan joyini ko‘rsatishni so‘raydi. Ismni silaydi. Keyingi safar qizchani ko‘rganida unga shu ismni yozishni mashq qilgan qog‘ozini ko‘rsatadi. 
  Mehribon odam bo‘ladi. Oxirida qizchaga o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib yordam beradi. Keyin oyga qaraydi. Hola bor bo‘ladi.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.