Sevgim haqida

    Shunaqa bo'lishi mumkin ekan. Bir marta ham ko'rmagan, gaplashmagan, u haqida hech kimdan eshitmagan odamingni зииииииииис мач yashko'rishing mumkin ekan. Na yuzi, na ko'zi, na ovozi qanaqaligini bilmay turib. Na ismi, na xusni, na xarakterini. Hay, uni-buni aytmay, hattoki, jinsi qanaqaligini bilmay turib.
     Unga eng shirin kunlarni tilashing, u uchun boshqa hamma ishingni tashlashing, u uchun yaxshi bo'lishni boshlashing mumkin ekan. Unga biror zarar yetishi haqidagi fikrning o'zidan birdan yuraging orqasiga tortishi, ko'zingdan uyqu qochishi, kundan-kunga ko'nglingda mehrning yangi yulduzlarini ochishing mumkin ekan.
     Hech qaysi gapingga javob qaytarmaydigan insonga soatlab gapirishing, bu baxtdan bir qop semirishing, jilmayib-jilmayib kun kechirishing mumkin ekan (: Hammaga uning borligi bilan "shep"lanishing, barcha qiyin sinovlarga shaylanishing... eh... yanayam odamlashishing mumkin ekan.

Comments

  1. Жуда-жуда қизиқарли, ширин ташвишли, эсдан чиқариб бўлмайдиган 40 хафталик турмуш тарзи билан ТАБРИКЛАЙМАН!

    ReplyDelete
  2. Barcha qizlarning oppoq orzusi bo'lsa kerak bunaqa sevgi :) Kichkina singilcham tug'ilib, ko'z o'ngimizda katta bo'laverib bilaman - juda shirin, har xil qiliqlari, 1chi qadami, tili chiqqa boshlagani... Xullas, hammasi go'zal, jajji farishtacha bo'ladi. Farzand bundan ham shirin bo'lsa kerak. Bizga ham nasib etsin shunaqa baxt!!! :)

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.