One was, one wasn't..

Qo'zichoq bo'lganakan. Butun dunyodagi o'tloqlar uniki ekan. Xohlagan joyida sakrab-o'ynab o'tlab yurarkan. Aytganimdek, hamma joy uniki ekan, shundayam u buloq bo'yidagi bir parcha yerni aynan o'ziniki deb e'lon qipti. Chunki, cheksiz o'tloqlarda kezish vahimali tuyulipti, adashib qolishdan cho'chibdi. Uyida yo'qolib qolishdan qo'rqib, faqat bitta xonada o'tiradigan odamning ishida qancha mantiq bor? Qo'zichoqning ham qilgan bu ishida shuncha mantiq bor ekan. Хотя, qo'zi va mantiq... (: Shunaqqib, qo'zi tanlagan yerida yashab yuraveripti.
Bir kuni allaqayoqdan gul topvopti. Gulni yeriga tashlagan ekan, u tushgan joydan yana ikkita gul o'sib chiqipti. Qo'ziga bu ishi qiziq tuyulib, yana gul opkeb tashlayveripti. Gullar ham ko'payaveripti. Chiroyli, rang-barang. Atrofdagi boshqa qo'zilar uning ishini ko'rib "be-e-erakallo" deyishipti. Qo'zichoqqa bu juda yoqipti. Zo'r-ku. Endi u, исключительно, boshqa qo'zilardan maqtov eshitish uchungina gul ko'paytiradigan bo'pti. Har bitta gulini, har bitta qadamini boshqalar kuzatishyapti deb o'ylapti. Nazarida, boshqalarning boshqa ishi yo'g'akan. O'zgalar e'tiboridagi qo'zi qanday sakrashi lozim bo'lsa, shunday sakrapti; qancha gul o'stirishi положено bo'lsa shuncha o'stiripti. Oxiri gullari ko'payganidan ko'payib, tuyoq bosishiga joy qolmapti o'sha bir parcha собственный o'tlog'ida. Nima qilarini bilmapti qo'zichoq. Gullarini uzay desa...kamayib qolarmish. Boshqa joyga ko'chay, bu maydonchani tark etay desa ham bir nechta gulni payhon qilishga to'g'ri kelarmish. Chor atrof gul. Nima qilarga qo'zi hayron. Boshqalardan najot kutibdi. Ular "voy be-e-echora" deb unga katta yordam berishipti. Uning bunyodkorligi-yu, hozirgi sabr-matonati sharafiga ozgina ma'rashipti. Keyin o'tlab ketishipti. Qo'ziga ularning munosabati biroz dalda berganday bo'pti, turib-turib qorni ochib qolgunicha. Boshqalarga havas bilan qarapti: ularga mazza, hammajoy, hamma maysa, hammanaysa ularniki. U esa gullarini oo'rtasida bir qadam tashlolmay, mo'ltirab turipti. Soatlab, kunlab. Ana shunda...unda o'ylash uchun vaqt topilipti.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.