дом 380

Qarasam, havo chotkiy. Ko'chaga chiqdim. Derazasidan Irosh qarab turganakan, uniyam chaqirdim. Ikkalamiz 380-dom tarafga bordik aylanib. Qizlar-bollar to'planib "snayper" o'ynashayotgan ekan. Yaxshi o'yin. 44-uydagi Cherchil amaki "Bu eng yomon o'yin, lekin hali bundan yaxshisi o'ylab topilmagan" degandilar. Snayper - dvoynoy "o'rtaga tushar". O'ynash uchun ikkita jamoa va koptok kerak. Yana, maydon o'rtasidan ikkiga bo'linadi, komandalar bir-biriga qarama-qarshi turib olishadi. Keyin ularning kapitanlari chiqib, raqib komandaning orqasiga o'tib turishadi. O'yinning qoidasi - kapitanlar o'zinikilarga koptokni oshirishi va/yoki raqib komanda a'zolarini "urishi" kerak. O'zinikilarniyam ishi xuddi shu. Raqib jamoa a'zolari, афкоз, to'pdan qochishi yoki uni "ilib olib" o'z sardoriga otishi kerak. Qocholmay qolib koptokdan kaltak yeganlar kapitan turgan joyga yugurib o'tish, unga yordam berib turishga hukm qilinadi. Hamma o'yinchilari "urilgan" jamoa yutqazadi. Shu..

...Ha, snayper o'ynashayotgandi. Chetroqdan tomosha qilib turdik. Жессстко o'ynashdi. Oldinlari bunchalikmasdi bular, hozir birnima bo'lgan. O'zaro gapi qochganmi.. Rosa kuch bilan o'ynashdi. Qattiq. Koptok gursillab o'yinchilar ko'ksiga tekkan, kapitanlar tomirlari bo'rtib baqirgan, zarbalar yommoon. Birovning barmog'i qayrilgan, burni qonagan, yuzi shilingan. Lekin hech kim uyiga ketmaydi. Lekin hamma maydonda. Lekin hamma oт души o'ynaydi. Har ikkala taraf bir xil qarshilik ko'rsatadi, ikkalasi bir xil kuchli. Bir unisining qo'li baland kelsa, bir safar bunisiniki. Mana senga rostakasim snayper! Umuman, 380-domning bollari doim shunaq bo'lishgan. Teng "tashashishadi". Orasida o'yinbuzuqilari bor, to'g'ri. Hozirgi o'yini xavfli, to'g'ri. Omalekin, hali kelishvolishadi. G'alati soch turmagilik qizga, burni bokschilarnikidаkа naynovga, ochkarikka, bitta futbolchiga judayam o'xshaydigan(qaysiligini eslolmadim) qo'shnilarimizga qarab-qarab, orqaga qaytdik. Hayolimda "chotkiy-a..."
Irosh qadamini tezlatdi, tishlari orasidan: "yaxshiyam bizada munaqamas.."

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.