Raqsga tusholmasligim haqida agressiv post.

  Siz chiroyli raqsga tushasizmi? Basharangiz qursin. Shu bildirib bera oladimi siz va sizdakalarga qanchalik hasad qilishimni? Sizlarga mazza. "Ha" deb qo‘llarizni yoziiiiib, aylaniiiib, yo‘rg‘alaaaab ketaverasiz. Uchiib, kuliib, yoningizdagilar bilan нон-вёрбл камуникейшн qilib yayrab yuraverasiz. Ichingizdagi odam qanday o‘ynayotgan bo‘lsa, tashingizda ham shunday o‘ynay olasiz. Sizlarga mazza. Tayyor taqiqlanmagan modda-ku raqs. Siz eeeerkinsiz. Shu darajada erkinsizki, har bitta harakatingizni tergamaysiz. "O‘ng‘aymi, o‘ng‘aysizmi?" deb o‘tirmaysiz. Tanangizning do‘stisiz. Yuraginigzdagi olovni hech qanaqa ahmoqona o‘ylar-u, qimtinishlar bosib qo‘ymaydi. Sizlarga shunchalik mazza.. "San o‘ynamading" deb birov sizdan arazlamaydi. Odamlar davraga tortib chiqmasin deb, hech kim bilan ай контакт qilmay, telefonizga tikilib o‘tirmaysiz. Yoki kimdir tortib obchiqib qo‘ysa ham, faqat qarsak chalib turaverganingizdan qizargan kaftizni qashib turmaysiz. Yoki yana bitta yomoni - rosa o‘ynagisi kelib turgan sherigingizga istaganini berolmaydigan kesak bo‘lmaysiz. Muzika boshlanganida ikkita qo‘lingizga og‘ir shlakoblok bog‘langan bo‘lmaydi. Har safar "mana shu safar o‘ynayman, tochno o‘ynayman" deb o‘zingizga puch va'dalar bermaysiz. Yoki vanihoyat bir kuni o‘zingizni yengib, birrrrbalo qilib raqsga tushganingizda eng xohlamagan kommentingiz bo‘lmish "o‘ynashni rostdanam bilmaskansan-a"ni eshitib, butunlay qo‘l siltamaysiz. Raqs mavzusida unutish uchun Wacom Intuos grafik planshetingizni sotvorishga ham rozi bo‘ladigan xotiralaringiz yo‘q. O‘sha xotiralar ayni o‘ynashga chog‘langan vaqtingizda suvdan chiqqan po‘kakdek mingga qo‘yib miyangiz sathiga qalqimaydi. Sizga mazza - hamma yaqinlaringiz bir ritmda harakatlanganida ko‘zingizda слоу моушн funksiyasi yoqilmaydi. Sizga mazza - sizga alam qilmaydi. Sizga mazza - birmuncha fursatga bo‘lsa-da hech narsani o‘ylamay turishingiz uchun bir qo‘shiq kifoya.  Sizga mazza - sizga baribir.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.