Papá.

   Men dadaparvarman, dadasevarman, dadaparastman. Kichkinaligimda ham yig'lasam, "dada" deb yig'lardim. Dadamning hech qachon advokatdan kamchiliklari bo'lmagan. Har doim taraflarini oladigan, kimdir yomonlasa yig'lagudek bo'lib bahslashib ketadigan, oxiri "dadamga aytib beraman" deb ketadigan.
    Xudo chotkiy dadadan qismaganiga shukr. Dadalardan desam ham bo'ladi.  Qolganlarni bilmadim-u, ammo Qo'qonga kelin bo'lganlarning dadasi uchta bo'ladi. Birinchisi, yor-yorgacha gard yuqtirmay o'stiradigani, ikkinchisi yor-yordan keyingi tinchlik-farovonligi uchun ko'ksini qalqon qilib tutib beradigani, uchinchisi aynan yor-yor paytida "qatiq ichirish" degan marosimdan keyin o'z-o'zidan yana bitta qizlik bo'lib qoladigani. 
   Dadalarimga ensiklopediya, konsultativ markaz, teatr, do'st, superqahramon, ba'zi gazitlarning "Agony aunt" ruknidagi ustuniga murojaat qilgan kabi murojaat qilish mumkin. Dadalarim har xil: yoshlari, sohalari, fe'l-atvorlari. Ammo hammalarining umumiy jihati: mehrlari okean. Odamni eng hayratga soladigan, hamma narsadan kuchli chiqadigan, shundoqqina qurolsizlantirib, aytganiga ko'ndirib qo'yadigan okean.
    Dadamning sog'lig'imdan bir qator otdushi xabar olib, havotir olayotganlarini shundoqqina sezdirib qo'yib, "o'zizni ehtiyot qiling, ena" deganlaridan keyin hovliqibhapqiribyotgan yurak bilan yozilgan post.

Comments

Popular posts from this blog

O’zimga xat

"Ikat" haqida

"Kozerog qizlarni jinim suymaydi" ning 103 darajasi yohud diskriminatsiya va преджудисga to‘la matn.