“Solikum, ZAGSdan yuvorishuvdi”
Hammaning hayotida shunday davr keladiki, unda
ixtiyoriy iks odam boshqa bir igrik odamning yuzini qolgan umri davomida,
Xudoning bergan kuni ko’raverishni bo’yniga oladi. Men va Sirg’alida
yashovchi bir handsome yigitning hayotidagi shunday davr koordinata tekisligida
o’zaro tutash bo’lib qoldi. Shu sabab bo’lib, ikki xil familiya yozilgan pasportlarni
ko’tarib FHDYOga obordik, birxillashtirgani. Shu binoga borguncha yashab o’tilgan
yo’l, tanlovimning ko’pchilik hollardagi kabi ixtiyoriy-majburiy ravishda qabul
qilinmaganligidan baxtliligim va yoki handsome so’zi 23 karra ma’no kuchaytirilishiga
uchrasa-da egasini ta’riflashda oqsashi haqida emas lekin bu post. Oddiygina ZAGSdan
o’tish jarayonining moliyaviy, sal hajviy va hayotiy jabhalari haqida.
Фёрст. Bollar, uylanmoqchi bo’lsangiz, avval
19.000 so’m to’plang. Chunki aynan shuncha aqcha ZAGSga “mashu qizga uylangim
kevotti, u ham rozi” qabilidagi arizani o’zingiz yozib berganingiz uchun kerak
bo’larkan.
Секынд. Yana taxminan 50.000 cha cho’ntagingizga solib
oling. Kam-kamdaan doktorlarga tarqatib chiqasiz. Tibbiy ko’rikdan o’tayotganda-da.
Aslida, barcha eshiklarga “tibbiy xizmatlar tekin” deb yozilgan, lekin siz bu
yolg’onga ishonib qolmang. 4ta dispanser (iloyim poshqa payt ish tushmasin
uyoqlarga) na narkoman, na silkasal, na anuvnaqaroq, na sifilis emasligingizni
tasdiqlab berishi uchun 3-4 mingdan (har biri) olib qoladi. Shuyoqda ozgina
diqqat! Quyidagi ma’lumot sizga hech qayerda berilmaydi (o’zingiz
topvolishingiz kerak, chog’i. Yo katta sir bo’lsa kerak). O’g’il bolalar,
psixonevrologik dispanserdan o’tar bo’lsangiz, harbiy ma’lumotnomangizni olvoling.
Usiz kirishga ruxsat yo’q. Yana 8ta joydan o’tish kerak: qon-pon analizi (pon =
...), terapevt, endokrinolog, ginekolog/urolog ko’rigi, UZI, EKG, va hokazo QWERTY
tekshiruvlari. Ularning bariga ham shu atrofda pul so’rashadi. Davlat tomonidan
ta’minlangan steril qo’lqoplar, shprits va allaqanday malham(мазь)lar uchun. Orasida
shaxsan o’zim eng ko’p to’laganim – bir vrachaga 6000. Rosti, uning ishi qiyin, моральный(визуальный)
ущерб uchun ham obqosa arziydi (: Yana yo’lkira bor. Pg’ayezdnoyingiz bo’lsa ho’p-ho’p,
bo’lmasa yana 15-20 mingni atab qo’ying. Inchunin, siz qadam ranjida
qilishingiz lozim bo’lgan shifo maskanlari Diamond Rush o’yinidagi olmoslar
singari shahar bo’ylab har qayoqqa sochib yuborilgan. Nima bo’lganda ham, oлл ин
олл, mana shu tibbiy ko’rik o’tkazish fikri – tillo fikr ekan.
Сёрд. U bosqichi bilan hali yuzlashmadik-ku,
omalekin yana 20ta 5.000talik FHDYOga beriladiganga o’xshaydi. Maskan xodimlari
bu borada sukut saqlayaptilar, norasmiy manbalar esa “Sizlarni er-xotin deb e’lon
qilamiz” deyiladigan sanada shuncha money berdik deyishmoqda. O’sha kun - o'zini tushunish uchun o'zgalardan tushuntirish istagan inson tug'ilgan kun - kelaversin-chi, ko’ramiz...
Umuman olganda, men uchun bu shirin tasvishchalarning
o’z gashti bo’ldi. Yozganlarimni hasrat deb tushunmangiz, ho’p. Maqsadim, bo’lajak
qxm-qxmlarga taxminan qanchalar harajat qilishlari haqida ma’lumot berish edi. Ha,
yana: “kelinbolaga muzqaymoq ham olib bering” (c) (:
Келин бола билан районинглар бир булса, юкоридаги харажатлар икки баробар ортади + обед ;)
ReplyDeleteпсихиатрда пулим тугаб колиб роса бош котганди. Яхши бир танишимни куриб колгандим. Ширин пайтлар эди...